Samarqand viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 2026-yil 29-yanvar kuni soat 18:20 lar atrofida Toyloq tumanida, Toyloq—Urgut yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili velosipedchini urib yuborgan.

Zarba oqibatida velosipedchi yo‘lga yiqilgan. Shundan so‘ng orqa tomondan kelayotgan Damas rusumli avtomobil uni bosib ketgan. Jabrlangan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 02/02/2026