“O‘zgidromet” 21—26-yanvar kunlari respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab tog‘li hududlarda qor qatlamining beqarorlashuvi kuzatilishi mumkin. Shu munosabat bilan qator hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan.
Xususan, xavf quyidagi hududlarda qayd etilishi mumkin:
-
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
-
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
-
Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
-
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
-
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
-
Namangan viloyati: Pop tumani.
“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Mutasaddi tashkilotlar zarur hollarda tog‘li yo‘nalishlarda harakatni cheklash yoki vaqtincha to‘xtatish mumkinligini ham eslatib o‘tmoqda.