O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30-dekabr kuni qabul qilingan “Aholining alohida turdagi iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan bir qator tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi.

Farmonga ko‘ra, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar asosida quyidagi tovarlar 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi:

  • elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari hamda servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar;

  • pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urug‘i va ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari.

Mazkur imtiyozlar aholining muhim iste’mol ehtiyojlarini ta’minlash hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 02/01/2026