Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatida chiqindi tashish xizmati bo‘yicha aholiga asossiz hisoblangan to‘lovlar aniqlanib, jami 8,8 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilinadigan bo‘ldi.

Qo‘mita hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim xonadonlardan chiqindi umuman olib ketilmagan bo‘lsa-da, ularga to‘lovlar hisoblangani, shuningdek, xizmat belgilangan darajada ko‘rsatilmagan holatlar kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qonunbuzilishlar yuzasidan “Rahnamo Servis”, Zero-Waste, “Zangiota Obodon”, “Angren Bunyod Fayz” va “Ohangaron sanitariya tozalash” MCHJlariga nisbatan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun asosida ish qo‘zg‘atildi. Natijada 250 mingga yaqin iste’molchiga 8,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 02/12/2025