Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida er-xotin va ularning ikki nafar voyaga yetmagan qizi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlar noma’lum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgani qayd etilgan.

Vafot etgan erkak 43 yoshda, ayol 40 yoshda, qizlari esa 16 va 2 yoshda bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 24/11/2025