Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova oilasida to‘rt egizak qizaloq dunyoga keldi.
Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali shifokorlari tomonidan muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali tug‘ilgan.
Birinchi chaqaloqning vazni 1400 gramm, bo‘yi 37 santimetr, ikkinchisiniki 1450 gramm va 38 santimetr, uchinchisiniki 1600 gramm va 40 santimetr, to‘rtinchisiniki esa 1400 gramm va 37 santimetrni tashkil etadi.
Ayni paytda chaqaloqlar filialda xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda.