Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, 2025-yil 1-oktyabr holatiga chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida 96,2 trillion soʻmlik 2 milliard 100,6 million dona elektron chek rasmiylashtirilgan.
Xaridorlarga 518 million dona chek uchun 247 milliard soʻm miqdorida keshbek avtomatik tarzda qaytarilgan.
Hozirda roʻyxatga olingan 220 ta marketpleysdan 36 tasi toʻliq integratsiya qilingan boʻlsa, yana 8 tasi integratsiya jarayonida. Shuningdek, 49 ta elektron toʻlov tizimi va 36 ta bank ilovasi soliq organlari axborot tizimiga ulangan.
Qoʻmitaning taʼkidlashicha, tizimlarning integratsiyasi chakana savdo sohasida shaffoflikni oshirish, soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hamda isteʼmolchilarga qulaylik yaratish imkonini bermoqda.