O‘zbekistonda 2025-yil 15-oktabr kuni barcha hududlarda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 328 ta holat aniqlangan.

Huquqbuzarlarga nisbatan jami 224,36 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Ayni paytda Prezident topshirig‘iga muvofiq, butun mamlakat bo‘ylab tozalik va ozodalik oyligi davom etmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida hududlarda obodonlashtirish ishlari, mahallalar, ko‘chalar, ariqlar, ta’lim muassasalari hamda boshqa obyektlarni chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Ekologiya vazirligi barcha fuqarolarni tozalik oyligida faol ishtirok etishga, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.

“Unutmang, atrof-muhitni ifloslantirish keskin javobgarlikka sabab bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 16/10/2025