“Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan O‘zbekiston fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yo‘riqnomaga muvofiq, readmissiya qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Migratsiya va personallashtirish departamenti tomonidan “Pasport-viza” axborot tizimiga kiritiladi.

Quyidagi holatlarda istisno tariqasida xorijga chiqish pasporti rasmiylashtiriladi:

  • fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etganida;

  • fuqaro yoki uning yaqin qarindoshiga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish yoki jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda;

  • xalqaro fan olimpiadasi, ta’lim yoki sport musobaqasida ishtirok etish zarurati tug‘ilganda;

  • yashash joyi O‘zbekistonning chegara zonasi yoki eksklav hududlarida bo‘lganda;

  • Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining hujjat va topshiriqlari, shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘ini bajarish zarur bo‘lganda.

Fuqarolar istisno tariqasida xorijga chiqish pasporti olish uchun Migratsiya va personallashtirish departamentiga yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 02/10/2025