Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi.
Ro‘yxat prezidentning «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qo‘shimchalarni hisobga olgan holda u 51 ta (34 ta edi) dori vositasi va 118 ta (117 ta edi) tibbiy buyumni o‘z ichiga oladi.
Hujjat O‘zbekiston prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.