O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni 3,4 barobarga oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 223,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,6 ming nafarga yoki 3,4 barobarga ko‘p.

Joriy yilning 6 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Afg‘oniston — 207 536 nafar;
  • Tojikiston — 12 244 nafar;
  • Turkmaniston — 1 642 nafar;
  • Rossiya — 451 nafar;
  • Turkiya — 276 nafar;
  • Qozog‘iston — 255 nafar;
  • boshqa davlatlar — 1 177 nafar.

Bundan ko‘rinadiki, 6 oyda tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari orasida afg‘onistonliklar ulushi eng ko‘p — 92,7 foizni tashkil etdi. 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 1569 nafar afg‘onistonlik tijorat uchun O‘zbekistonga kelgandi. Bu ko‘rsatkichlar taqqoslansa, afg‘onistonlik tadbirkorlarning O‘zbekistonga kelishi 132 barobar oshdi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 06/08/2025