O‘zbekistonda 2025-yil iyul oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 246 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, bu — yangi rekord ko‘rsatkich.

Bugungi kunda O‘zbekistonda umumiy quvvati 4119 megavatt bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

“Ta’kidlash kerakki, iyul oyida mazkur stansiyalar tomonidan 1 mlrd 246 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani mamlakatimiz energetika tizimi uchun yangi rekord natijadir”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, 1 mlrd 246 mln kVt/soat elektr energiyasi oy davomidagi jami generatsiyaning 17 foizi, deganidir. Iyul oyidagi mazkur generatsiyaning 760,9 mln kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 485,4 mln kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

  • 377,5 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
  • atmosferaga 1 mln 120 ming tonna zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 05/08/2025