Xorazm viloyati Urganch shahrida yong‘in bo‘layotgan hududda fuqaro hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, 29-iyul kuni soat 17:32 da Xorazm viloyati FVBga Urganch shahar, “Navbahor” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 17:36 da yetib borib, yong‘in soat 18:01 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inda qutqaruvchilar bir nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.