Prezidentning 28-iyuldagi qaroriga ko‘ra, Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etildi.

“O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilanishicha, 2026-yildan har ikki yilda bir marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik tanlovi o‘tkazib boriladi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.

2021-yilda Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 30/07/2025