O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 mln dollarga teng bo‘lgan 12 071 dona yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
To‘rt oyda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar reytingida
Xitoy peshqadam –
9 904 dona. Keyingi o‘rinda esa
Janubiy Koreya – 1 714 dona.
Shuningdek,
Hindistondan
168 dona,
Yaponiyadan
97 dona hamda
AQSHdan
41 dona avtomashina import qilingan.
Bundan tashqari, yana
boshqa davlatlardan jami 147 dona avtomashina olib kelingan.