1 iyuldan boshlab yangi narxlarda xizmat ko‘rsatiladi.

Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashi ichimlik va oqova suv xizmatlarining yangi narxlarini tasdiqladi.

Qayd qilinishicha, 1 iyuldan boshlab «Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ, «Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti» AJ, «Chimgan-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti» AJ quyidagi narxlarda xizmat ko‘rsatadi.

Ichimlik suvi (Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz):

a) aholi uchun –1 m3 – 2600 so‘m;

b) budjet tashkilotlari uchun – 1m3 – 15000 so‘m;

v) ulgurji iste’molchilar uchun – 1m3 – 15000 so‘m;

Oqova suv xizmati (Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz):

a) aholi uchun – 1 m3 – 1300 so‘m;

b) budjet tashkilotlari uchun – 1m3 – 3000 so‘m;

v) ulgurji iste’molchilar uchun – 1m3 – 3000 so‘m.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 27/05/2025