Soliq qoʻmitasi joriy yilning 10 oyida soha boʻyicha qancha qonunbuzarlikka oid murojaat kelib tushganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yanvar-oktyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali tegishli huquqbuzarliklar boʻyicha 93 239 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
84 266 tasi xarid cheki bermaslik;
3 380 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
191 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
5 402 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha boʻlgan.
Soʻrovlarning 47 199 tasi takroriy boʻlgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotgani uchun koʻrib chiqilmagan. Shuningdek, murojaatlar asosida 39 457 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,8 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangani bildirildi.
Xabar bergan fuqarolarga 38 711 ta holat boʻyicha, undirilgan jarima summasidan 20 foizi miqdorida, yaʼni 27,1 milliard soʻm mukofot toʻlangan.