Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 22-oktabr soat 19:00 holatiga kelib, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari 9 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.
Hozirda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlamoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu hajmdagi “yashil” energiya ishlab chiqarilishi natijasida:
-
2,73 milliard kub metr tabiiy gaz tejalgan,
-
4 million tonna zararli moddalarning atmosferaga chiqishi oldi olingan.
Yil boshidan 22-oktabrgacha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14,52 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Bu — mamlakatdagi umumiy elektr ishlab chiqarishning 23 foizi “yashil energiya” hissasiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Bu miqdor 7,5 million xonadonning 10 oylik yoki 6 million xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng.