Toshkent shahri va Toshkent viloyatini bog‘lovchi 158-sonli yangi avtobus yo‘nalishi 23-noyabrdan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“Kensoy qo‘rg‘oni” — “Yunusobod Universam” yo‘nalishidagi avtobuslar Toshkent viloyatining Kensoy qo‘rg‘onidan harakatlanib, Abu Rayhon Beruniy universiteti, Rahbar ota masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uch Qahramon va 271-sonli maktab hududlaridan o‘tadi. Yakuniy bekat Toshkent shahridagi “Yunusobod Universam” bekati hisoblanadi.

Yo‘nalishda “ZiyoTrans” MCHJning 10 ta o‘rta sig‘imli avtobusi xizmat ko‘rsatadi.

Yangi yo‘nalish poytaxt va unga tutash hududlar o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilash hamda jamoat transporti qamrovini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 24/11/2026