Xitoy seysmologlari guruhi mamlakatda va unga qo‘shni hududlarda mart oyida Myanmada bo‘lgani kabi kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Pekin zilzilalar agentligi olimlari 8,0 magnitudali kuchli yerosti silkinishlari kuzatilishini prognoz qilmoqda. Tadqiqotchilar 1879-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan seysmik faollik ma’lumotlarini tahlil qilib, zilzilalarning oltita asosiy davrini aniqlagan.

Hozirda mintaqa yangi seysmik faol davrning boshlang‘ich bosqichiga kirishi mumkin, deydi mutaxassislar.

Categorized in:

Dunyo,

Last Update: 07/04/2025