Yangi bo‘linma Range Media Partners prodyuserlik firmasi bilan hamkorlikda kompaniya moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan loyihalarni qidirish bilan shug‘ullanadi.
Google kompaniyasi filmlar va teleshoularni yaratish bo‘yicha 100 Zeros tashabbusini ishga tushirdi, deb xabar beradi Business Insider.
Yangi bo‘linma Range Media Partners prodyuserlik firmasi bilan hamkorlikda kompaniya moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan loyihalarni qidirish bilan shug‘ullanadi.
Google ushbu loyiha orqali o‘zining yangi xizmatlariga, jumladan, sun’iy intellekt mahsulotlariga e’tiborni jalb qilish niyatida.
Nashrning qayd etishicha, Google loyiha doirasida qahramonlar «ayfon» o‘rniga Android bazasidagi telefonlardan foydalanishiga qarshi emas, ammo integratsiya majburiydek ko‘rinmasligi kerak.
100 Zeros’ning birinchi loyihalaridan biri «Kakku» qo‘rqinchli filmi bo‘ldi — u 2024 yilda chiqqan. 100 Zeros logotipi film boshidagi titrlarda paydo bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, Google YouTubeʼni tayyor film va teleshoular uchun distribyutor sifatida ko‘rib chiqmayapti.
Kompaniya 100 Zeros ishga tushganini rasman e’lon qilmagan. Google jurnalistlarning so‘rovlarini javobsiz qoldirgan.