O‘zbekistondan xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari oshirildi. Tegishli qarorni Shavkat Mirziyoyev 21-sentyabr kuni imzoladi.

Yangi tartibga ko‘ra, Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida kattalar o‘rtasida oltin medal sohibiga 200 ming, kumush medal sohibiga 100 ming, bronza medal sohibiga 50 ming dollar beriladi. Avval bu mukofotlar mos ravishda 880 mln, 440 mln va 220 mln so‘mni tashkil etgan.

Yoshlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari uchun mukofotlar quyidagicha belgilandi:

  • oltin medal — 20 ming dollar;
  • kumush medal — 10 ming dollar;
  • bronza medal — 5 ming dollar.

FIDE tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalarda:

  • oltin medal — 15 ming dollar;
  • kumush medal — 7,5 ming dollar;
  • bronza medal — 3 750 dollar.

Osiyo miqyosidagi musobaqalarda esa mukofotlar:

  • oltin medal — 10 ming dollar;
  • kumush medal — 5 ming dollar;
  • bronza medal — 2 500 dollar etib belgilandi.

Shuningdek, xalqaro grossmeyster unvonini olgan shaxmatchilarga 5 ming dollar miqdorida bir martalik mukofot beriladi.

Bungacha mukofotlar aniq summa ko‘rinishida emas, bazaviy hisoblash miqdorining muayyan baravarida belgilangan edi.

Qarorga ko‘ra, trenerlar uchun nazarda tutilgan mukofot g‘olib yoki sovrindor sportchini so‘nggi bir yil davomida tayyorlagan trenerlarga beriladi. Shu bilan birga, Trenerlar kengashi qaroriga asosan mablag‘ sportchini tayyorlashda so‘nggi to‘rt yil davomida ishtirok etgan trener v

Categorized in:

Sport,

Last Update: 23/09/2026