1-may kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 05:10 da Eron shimoli-sharqidagi Xuroson-Razaviy viloyatining beshta shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 5 ballik zilzila yuz berdi. Zilzila oqibatida 29 kishi jabrlangan. Bu haqda Mehr agentligi xabar bermoqda.
“Garchi bu zilzila moddiy zarar keltirmagan bo‘lsa-da, uning oqibatida 29 kishi jarohat oldi”, deyiladi agentlik xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha jabrlanganlar zilziladan qochish paytida shikastlangan. Hozirgi vaqtda faqat bir kishi shifoxonada davolanmoqda, qolgan jabrlanganlar allaqachon uylariga jo‘natilgan.
Zilziladan Xuroson-Rizaviy viloyatining Torbati Haydariya, Roshxor, Gonobod va Toybod kabi shaharlarining aholisi zarar ko‘rgan.
Agentlik zilzila viloyatning ma’muriy markazi Mashhad shahrida ham sodir bo‘lganini qayd etgan, ammo bu shaharda jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot bermagan.